"Paxtakor" futbol klubi 1956-yildan buyon muhlislar uchun yorqin o'yinlar namoyish etib kelmoqda! Hozirda "Paxtakor" o'n yettita kubok sohibi: Ozbekiston chempioni: 1992,98,2002,03,04,05,06,07; Ozbekiston kubogi: 1993,97,2001,02,03,04,05,06,07,09: va MDX kubogi 2007; Bu borada jamoamiz O'zbekistonda "birinchi" raqamli jamoa hisoblanadi! "Paxtakor"chilar Osiyoda ham o'zlarini ko'rsatishgan ikki marta yarim finalgacha yetib borishgan. Hozirda "Paxtakor"futbol klubi tarbiyalanuvchilari horij klublarda ham o'ynab kelishmoqda! Bilasizlar "Paxtakor"chilar oliy ligamizda ohirgi ikki yil ichida faqat ikkinchi o'rin bilan chegaralanishdi. Bunga sabab "Bunyodkor"futbol jamoasi ancha rivojlanib ketdi, "Paxtakor" esa moliyaviy tomondan ancha sustlashib o'yinchilarni ko'pini ijara asosida boshqa klublarga berib yubordi, bu esa jamoaga ta'sir qilmay qoymadi. "Bunyodkor"futbol klubi juda kuchli o'yinchilardan foydalangan bo'lsa, "Paxtakor" aksincha
ish tutdi ular asosan yoshlarga tayanib o'ynardi Lekin boshqa jamoalarga o'hshab o'zini yoqotib qo'ymadi aksincha irodalarini namoyish etishdi!
Hozirda "Paxtakor"chilar ikkinchi o'rinda borishmoqda. Ular peshqadamdan sakkiz ochko ortta qilishmoqda. To'g'ri sakkiz ochko yirik lekin 19-milliy chempionat tugashiga yana olti tur bor bu borada "Paxtakor"chilarni imkoniyati bor hali! Chunki "Bunyodkor" futbol klubi "Nasaf","Shurtan" klublari bilan oynaydi, qolaversa asosiy raqibi "Paxtakor" bilan ham o'ynaydi. "Paxtakor" esa bu raqiblarini ortta qoldirib bo'ldi endi asosiysi "DERBI"da yani ikki grandlar "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'yinida jamoamiz g'alaba qozonsa bo'gan. Birinchi davradagi "Paxtakor" dan hozirgi"Paxtakor"ni farqi katta. Birinchi davradagi "Paxtakor" ancha yosh bu borada oliy ligada rekord ham qo'ydi. Hozirgi "Paxtakor" ancha kuchli tajribali o'yinchilar ham yetarli lekin "qari" o'yinchilar deyarli yo'q. Bilasizlar hozirgi "Paxtakor" ancha o'zlariga kelib olishdi o'yinchilarning deyarli hammasi ijaradan qaytishdi. Moliyaviy jihatdan ham o'zlariga kelishmoqda. "Bunyodkor" esa aksincha tajribali o'yinchilaridan ayrildi. Masalan bu o'yinchilar o'rnini Mirjalol Qosimov yoshlar bilan to'ldirishga harakat qilmoqda. Xullas "PAXTAKOR"da har tomonlama imkoniyat ko'p. "Paxtakor" faqat asosiy va o'rinbosarlargagina emas ularga o'yinchi chiqarib beradigan "Paxtakor" futbol maktabi va Akademiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Yaqinda Ispaniya poytaxti Madridda bo'lgan kubokda yosh"Paxtakor"chilar munosib qatnashishdi! "Paxtakor" maktabiga bollar 5-7 yoshdan shug'ullana boshlaydi, 13 yoshda esa ularni eng iste'dodli o'smirlar futbol akademiyasiga qabul qilinadi va mashg'ulotlar yanada kuchayadi! "Paxtakor" futbol maktabi hozirgi tartibda 2002 yildan buyon ishlab kelmoqda! "Paxtakor"akademiyasi 2005-yilda faoliyatini boshlagan.
Shu akademiyadan eng iste'dodlilarini klubning asosiy jamoasi va milliy terma jamoamizga munosib o'yinchilar chiqarishga alohida ahamiyat beriladi. Bu degani "Paxtakor" ning kelajagi porloq, hali o'n yettita kubok emas hattoki undanda ko'p kuboklar qo'lga kiritadi. Osiyo chempionlar ligasida ham o'zini ko'rsatadi va g'olib bo'ladi. "Paxtakor" bilgin biz muhlislar sen bilan birga! Biz seni hech qachon yolg'iz qo'ymaymiz!
Husnillo Kadyirov

1074


Polly po-cket